Ukrainada endi musulmonlar uchun rasmiy darajada iftorlik qilinadi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda yangi anʼana – musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida rasmiy darajada iftorlik oʻtkazish boshlanganini, endi ukrainaliklarning turmush-tarziga musulmoncha hurmat anʼanasi joriy qilinishini aytdi.
Bu haqda u musulmon harbiy xizmatchilar, diplomatik korpus hamda Qrim-tatar xalqi majlisi vakillari ishtirokidagi birinchi shunday iftorlik chog‘ida ta’kidladi.
“Biz davlatimiz rasmiy hayotiga yangi an’anani qo‘shmoqdamiz. Yuz minglab Ukraina musulmonlari va dunyo musulmon jamoasi muqaddas Ramazon oyida ro‘za tutib, Quyosh botganida iftorlik qiladi... Endi har yil men davlat rahbari sifatida va biz Ukraina xalqi sifatida Ramazon oyini musulmon vatandoshlarimizga hurmat sifatida bayram qilamiz. Bugun oʻzim ham iftorlikda qatnashdim, endi Ramazonni har yili birgalikda kutib olamiz”, deya taʼkidladi u.
Shuningdek, Zelenskiy shu orqali Ukraina har bir insonni, har bir jamiyatni qadrlashi oʻz isbotini topadi, deb hisoblashini qoʻshimcha qildi.






