"Vaksina – koronavirusni yengishdagi yagona chora!", - Sherzod Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Covid-19 ga qarshi vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan.

-Davlat soliq organlari soliq to‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan. Bugungi sharoitda vaksina qabul qilish ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim omillardan biridir, - aytib o‘tdi Sherzod Kudbiyev.

Shuningdek, mansabdor fuqarolarni koronavirus infeksiyasining oldini olish bo‘yicha JSST tavsiyalariga amal qilish – ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish, qo‘llarni muntazam yuvish va antiseptik vositalardan foydalanishga chaqirdi.