Vаksinаni o‘zingiz tаnlаysiz, emlаnish ixtiyoriy

Joriy yilning 1-aprelidan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Buning uchun Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi poliklinikalarda zarur sharoitlar yaratildi.
 Mazkur jarayonning birinchi bosqichida virus yuqish xavfi yuqori bo‘lgan, 65 yoshdan oshgan fuqarolar va tibbiyot xodimlarini emlash rejalashtirilmoqda.
Fuqarolar 3 xil turdagi vaksina bilan emlanadi. Bular Buyuk Britaniyadan keltirilgan “AstraZeneca”, Xindistonning “CoviShield” hamda xitoy-o‘zbek olimlari hammuallifligida tayyorlangan “ZF-UZ-VAC 2001” vaksinalaridir.
 Vaksina turini fuqarolarning o‘zlari tanlaydilar. Emlanish ham ixtiyoriydir. 
Аholini emlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Аprel oyida Toshkent shahri, Nukus va viloyatlar markazlari, may oyida esa boshqa shaharlar va viloyatlar aholisi emlanishi rejalashtirilgan. Iyun oyidan esa barcha mintaqalarda emlash punktlari faoliyat boshlaydi.
Аyni paytda mamlakat bo‘ylab 3138 ta emlash puntlari va 862 ta ko‘chma guruhlar tashkil etilgan.