Varshavada «Buxarest to‘qqizligi» sammiti bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 22-fevral kuni Varshavada “Buxarest to‘qqizligi” sammiti o‘tkaziladi, uning ishida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg va AQSH Prezidenti Jo Baydenning ham ishtirok etishi kutilmoqda.
“Buxarest to‘qqizligi” 2015-yilda Yevropa Ittifoqining sobiq Sharqiy Yevropa davlatlari tomonidan tashkil etilgan. Bu respublikalar ilgari sotsialistik blok tarkibida bo‘lgan va sobiq Sovet ittifoqi tarkibiga kirgan.
“To‘qqizlik”ka Ruminiya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Estoniya, Latviya va Litva kiradi.






