Vazirlik va idoralar rahbarlari qaysi turdagi vaksina bilan emlangan?

O'zbekiton Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining axborot xizmati, davlat boshqaruv organlari, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika sohalari rahbarlari o‘rtasida qanday vaksina turidan emlanilganligi to'g'risidagi o‘tkazilgan so‘rovnomani sarhisob qildi.

Maqsad – yuqori lavozimli amaldorlar hamda taniqli shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganmi yoki yo‘qmi, shuningdek ular qaysi vaksina bilan emlangani to‘g‘risida ma’lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etishdir.