«Vazirlik va idoralar soni 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi» — Shavkat Mirziyoyev

“Koʼp vazirlar oʼzgaradi. Oʼz sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi boʼlayotgan vazirlar lavozimida qoladi. Oʼylaymanki, bunday yondashuv adolatli boʼladi” – Prezident.
“Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinadi, Hukumat ish uslubi ham tubdan oʼzgaradi. Eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61 tadan 28 tagacha kamaytiriladi. Endi har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga masʼul boʼlib, tarmoq tarkibidagi qoʼmita, agentlik va inspektsiyalarga rahbarlik qiladi”, — deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, “Davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 25-30 foizga qisqaradi. Iqtisod qilinadigan mablagʼlar ijtimoiy masalalarga yoʼnaltiriladi. Har bir vazirning siyosiy maqomi, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi masʼuliyati oshiriladi.
Bunga mos ravishda javobgarligi ham kuchaytiriladi. Ularga aholi muammolarini hal qilish uchun yetarli vakolat va mablagʼ beriladi.
Vazirliklar faoliyatida ochiqlik, qonuniylik, natijadorlik va sifat asosiy mezon boʼladi”, — deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.






