Vazirliklarni 25 tadan 21 tagacha qisqartirish taklifi maʼqullandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi kengashining Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarining birinchi bosqichi doirasida 2023-yil 1-yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirish boʼyicha taklifi maʼqullandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Togʼ-kon sanoati va geologiya vazirligi;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vazirligi;
Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
Tabiat resurslari vazirligi;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
Qishloq xoʼjaligi vazirligi;
Suv xoʼjaligi vazirligi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Аdliya vazirligi;
Transport vazirligi;
Madaniyat va turizm vazirligi;
Mudofaa vazirligi;
Energetika vazirligi;
Sogʼliqni saqlash vazirligi;
Tashqi ishlar vazirligi;
Ichki ishlar vazirligi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Bu haqida Prezidentning “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonida keltirilgan.






