Velosportchilаrimiz ilk bor Olimpiya intizomi – ayollar oʼrtasidagi Medison juftlik poygasida ishtirok etadilar

12-16-oktabr kunlari Fransiyada trek boʼyicha 112-chi Jahon chempionati boʼlib oʼtadi va Oʼzbekiston tarixda ilk bor Olimpiya intizomi – ayollar oʼrtasidagi Medison juftlik poygasida velosportchilаrimiz ishtirok etadilar.
Ma’lum qilinishicha, Oʼzbekiston terma jamoasida ishtirok etish uchun jaʼmi 8 ta kvota mavjud bo’lib, bular:
ME
• Individual taʼqib qilish (2 kvota)
• Jamoaviy poyga (1 kvota)
WE
• Individual taʼqib qilish (2 kvota)
• Medison (1 kvota)
• Guruh poygasi (1 kvota)
• Jamoaviy poyga (1 kvota)
Taʼkidlash joizki, trek boʼyicha Jahon chempionati terma jamoamiz uchun qimmatli ochkolarni taqdim etuvchi muhim reyting musobaqasi hisoblanadi. Bu esa, oʼz navbatida, Parijdagi Olimpiya oʼyinlariga litenziyalar tomon yoʼlni yaqinlashtiradi.
P.S. trekda reyting ochkolarini yigʼish jarayoni joriy yilning 9-iyulidan boshlangan edi. Mazkur jarayon 2023-yil 14-aprelgacha davom etadi. Ushbu davrda oʼtkaziladigan barcha xalqaro UCI turnirlari jahon reytingida yuqoriroq koʼtarilish va litenziyalarga yaqinlashish uchun ajoyib imkoniyat taqdim etadi.






