Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugungi birinchi uchrashuvini Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan o‘tkazmoqda.
Diqqat markazida - mamlakatimizda Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida ustuvor kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan oyda Budapeshtda O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ochildi.






