Vengriyaning «OTP» banki Oʼzbekiston bank-moliya bozoriga kirish jarayonini boshlamoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi ish haftasini Vengriyaning “OTP” banki delegatsiyasi bilan uchrashuvdan boshladi. Muzokaralar kun tartibidan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari oʼrin olgan.

Yevropaning ushbu yetakchi banki Oʼzbekiston bank-moliya bozoriga kirish jarayonini boshlamoqda.