Vetnamdagi shaffof suv osti kemasiga marhabo!

Floridadaning Triton Submarines kompaniyasi tomonidan qurilgan “Triton DeepView 24” nihoyat Vetnamning Hon Tre orolidagi Vinpearl majmuasida o’tgan may oyida turistlarga o’z bag’rini ochdi.
100 metr (328 fut) chuqurlikgacha yeta oladigan 24 o‘rinli kema shaffof akril korpusga ega bo‘lib, bortdagi sayyohlar uchun tubsiz moviy dengizning suv osti hayotidan bahra olish imkonini beradi.
30 daqiqalik sho'ng'ish davomida yo'lovchilar kema halokati, rif va dengiz hayoti bilan yaqindan tanishishlari mumkin bo’ladi. Shuningdek, atrof-muhit muammolariga nisbatan ogohlikni oshirish uchun taqdim etiladigan g'avvoslar shousini tomosha qilasiz.
Uzunligi 15,4 metr (50,5 fut) bo'lgan Triton DeepView 24 shovqinsiz, atrof muhitga zararsiz hamda o’zidan uglerod yoki zaharli moddalar chiqarmaydi.
Loyiha suv ostining tiniq ko'rinishini taqdim etish uchun yuqori darajadagi "optik jihatdan mukammal" akril yordamida qo'l mehnati bilan qurilgan.
“Triton DeepView 24” 12 dan 66 gacha yo'lovchini sig'dirish imkonini berib, o’z o’lchamini o’zgartirishi mumkin.
Ushbu suv osti kemasi uchun chiptalar kattalar uchun 60 dollar, bolalar uchun esa 40 dollarga baholanmoqda. Chipatalarni onlayn, Vinpearl chiptalari kassasida yoki sayohat agentligi orqali sotib olish mumkin.






