Viloyatlar bilan istiqbolli hamkorlik o’rnatilmoqda

Ayni kunlarda Surxandaryo viloyatida xizmat safarida bo’lib turgan “Bright Uzbekistan” jamoasi, viloyat hokimi To’ra Bobolov hamda Surxandaryo viloyati hokimining Investisiyalar, xususiylashtirilgan korhonalarga ko'maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zo'nalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Anvar Oripov bilan uchrashdi.

Loyiha rahbari D.Abdullayev boshchiligidagi jamoa vakillarini iliq kutib olgan viloyat rahbari, bo’lib o’tgan biznes-forum, uning natijalari va istiqbollari, viloyat aholisi yashash sharoiti, biznes imkoniyatlar, va yaqin kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan o’rtoqlashdi.

O’z navbatida “Bright Uzbekistan” loyihasi rahbari, janob Bobolovga xalqaro biznes jurnal va onlayn ahborot portali kichik taqdimotini o’tkazib, hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo’lgan istiqbolli rejalar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, viloyat hokimligi tomonidan mehmonlar uchun janubiy hudud bo’ylab maxsus sayohat tashkil etildi. Unda, jamoa a’zolari viloyatdagi tadbirkorlik salohiyati bilan yaqindan tanishish, uning o’ziga hosliklaridan baxramand bo’lish imkoniga ega bo’ldilar.

Uchrashuv natijasiga ko’ra, iqtisodiy, investisiya, eksport-import yo’nalishlarda viloyat yangiliklarini berib boorish, bu sohalarda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.