Viloyatlarda ipoteka markazlari tashkil etiladi

Uy-joylarni sotib olish va ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish jarayonlarida fuqarolarga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida viloyatlar markazlarida ipoteka markazlari tashkil etiladi.

Shuningdek, ipoteka markazlarida hududda uy-joy qurilishini amalga oshirayotgan qurilish-pudrat tashkilotlarining sotuv ofislari, tijorat banklarining bank burchagi va kassalari hamda xususiy notarial idoralar joylashtiriladi.