"VKontakte" ijtimoiy tarmog'i Instagramdan kontentlarni o’tkazish uchun dastur yaratdi

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i 14-mart kuni Rossiyada bloklangan Instagramdan kontentni o'tkazish uchun dastur yaratdi. Platformadagi surat va videolar maxsus shaxsiy albom va boʻlimlarga yuklanadi.

"VKontakte" ijtimoiy tarmog'I Instagram Rossiyada bloklanganidan keyin undan fotosuratlar va videolarni o'tkazish imkonini beruvchi maxsus dastur yaratdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Instagram Manager ilovasining maxsus sahifasida ma’lum qildi.

“Akkauntdan yuklashda faqat suratlar va arxivdan videolar saqlanadi. Materiallar faqat sizga ko'rinadi ”, deyiladi loyiha tavsifida.