Vladimir Jirinovskiy vafot etdi

Jirinovskiy bugun 10:45 da vafot etdi. Ma’lumotni senator Aleksandr Pronyushkin tasdiqladi.
"Og'ir va uzoq davom etgan xastalikdan so'ng Vladimir Volfovich Jirinovskiy olamdan o'tdi. Yorqin, iste'dodli siyosatchi. Dunyo qanday ishlashini chuqur anglagan va ko'p narsani oldindan ko'ra bilgan inson. U har doim parlamentda bo'lgan. Uning shaxsiyati shunchalik kattaki, usiz zamonaviy Rossiya siyosiy tizimining rivojlanish tarixini tasavvur qilish qiyin”, — deb yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
LDPR rahbari Vladimir Jirinovskiy 75 yoshida vafot etdi.






