Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Vladimir Imamovich Norov boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi. Baxtiyor Odilovich Saidov Oʼzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri lavozimidan ozod etildi.






