Vladimir Norov Tashqi ishlar vaziri lavozimiga maʼqullandi

Bugun, 9-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʼlib oʼtdi. Unda deputatlar Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga Vladimir Norov nomzodini koʼrib chiqdilar va maʼqulladilar.
P.S. Аmaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan koʼrib chiqiladi.






