Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuzda boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti va MDH Davlat rahbarlari kengashining yigʻilishida ishtirok etadi.

Bu haqda seshanba kuni jurnalistlarga Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Kuz uchun ko'plab tadbirlar rejalashtirilgan. Mana, Sharqiy iqtisodiy forumimizdan tashqari, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti. Keyin , 14-oktabr kuni Nur-Sultonda MDH Davlat rahbarlari kengashi boʻlib oʻtadi”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil fevral oyida Prezident 2022-yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining Sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Hujjat bilan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi va sammit tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha bosqichma-bosqich ish rejasi tasdiqlandi.