Vladimir Putin Samarqandga tashrif buyurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi. Maʼlum qilinishicha, bugun Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rossiya prezidentining bir qancha uchrashuvlari boʼlib oʼtadi.
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan;
Qirgʼiziston Prezidenti Sadir Japarov bilan;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan;
Eron Prezidenti Ibrohim Raisi bilan;
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan;
Xitoy raisi Si Szinpin bilan;
Shuningdek, u Rossiya-Moʼgʼuliston-Xitoy uch tomonlama sammitida ishtirok etadi.
Juma kuni Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdoʼgʼon, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Ozarbayjon prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʼtkazadi.






