Tadbirkorlar va fuqarolar diqqatiga!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer uchastkalarini xususiy mulk sifatida berishni boshladi.
Hozirgacha O‘zbekiston tarixidagi dastlabki yuzdan ortiq yurtdoshlarimizga yerga mulk huquqini beruvchi orderlar topshirildi.
Sizda biznesni kreditlashda garov bilan muammo bormi? yoki bo‘sh turgan yer uchastkangizni sota olmayapsizmi?
U holda Davaktiv agentligi o‘z mulkingizning haqiqiy egasi, order sohibiga aylanishingizga va muammolardan xalos bo‘lishingizga yordam beradi.
Vaqtni boy bermang, davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali murojaat yuboring va mulkdorga aylaning.
Murojaat uchun telefon: +998 71 259 22 79
Call-center: 1082






