Biz Turkiy davlatlar tashkilotini “tinchlik forumi” deb ataymiz - Viktor Orban

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Sammitdagi nutqida, Turkiy davlatlar tashkilotini “tinchlik forumi” deb atashlarini mamnuniyat bilan ta’kidlab, barchaga tinchlik gʼoyalarini ilgari surayotganlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Vengriya Bosh vaziri O’zbekistonga bir necha yil oldin kelgani va qisqa vaqtlardagi oʼzgarishlarni koʼrib, hayratda qolganini ma’lum qildi.
Bundan tashqari Bosh vazir “Turkiya prezidenti janob Erdo'gʼanga bugʼdoy koridorini ochib bergani va qochoqlar bilan bogʼliq masalalarni hal etayotgani uchun minnatdorlik bildiraman. Аks holda Vengriya qiyin ahvolda qolgan boʼlardi”, — deya Turkiya yetakchisiga tashakkur izhor qildi.






