«Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi» o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida 2022-yil 17 va 18-avgust kunlari “Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligi" o‘tkaziladi.

Unda vazirliklar, qo‘mitalar va turli idoralar rahbarlari mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarining savollariga bevosita javob beradilar.

Muhokamalar mavzusi, maʼruzachilar ro‘yxati, yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish tartibi kabi maʼlumotlarni ochiqmuloqot.mift.uz saytidan olishingiz mumkin.

Yangi formatdagi haftalik O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun yaxshi imkoniyatdir!

P.S. Arizalar 15 avgustgacha qabul qilinadi!