«Wizz Air» aviakompaniyasi Аbu-Dabi - Toshkent reyslarini yoʼlga qoʼymoqchi

Vengriyaning “Wizz Air” aviakompaniyasi 2023-yil 25-yanvardan Аbu-Dabi - Toshkent aviareyslarini yoʼlga qoʼyishni rejalashtirmoqda. Maʼlum qilinishicha, parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga uch marta - dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
P.S. “Wizz Air” — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi boʼlib, shtab-kvartirasi Vengriya poytaxti, Budapeshtda joylashgan.






