Xalqaro avtomobilsiz kun” tanlovi eʼlon qilindi

Turizm va sport vazirligi “22 sentyabr – Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan tanlov o‘tkazilishi haqida eʼlon qiladi! Tanlovda ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Avtomobilsiz kun aksiyasida ishtirok etib, uning doirasida olingan surat va videolarni quyidagi xeshteglaridan foydalangan holda ijtimoiy tarmoqlar (Instgram, Facebook, Twitter, Tik-Tok, Telegram)da joylagan hamda eng ko‘p ko‘rilgan postlar egalari velosiped va sport ekipirovkalarini qo‘lga kiritadi:
Bunda 5 nafar birinchi o‘rin egalari – velosiped, 5 nafar ikkinchi o‘rin egalari sport ekipirovkalari bilan mukofotlanadi.
Shu bilan birga, avtomobilsiz kun aksiyasini eng faol targ‘ib qilgan 5 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar velosiped bilan mukofotlanadi.
G‘oliblarga mukofotlar 27 sentyabr – Butunjahon turizm kuni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.






