Xalqaro forum o’z ishini boshladi

Xabaringiz bor, bugun 23-iyun sanasida Buxoro shahrida “Barqaror rivojlanish madsadlariga erishishda Parlamentlararo global hamkorlik” masalalariga bag’ishlangan Xalqaro Forum o’z ishini boshladi. 

Forumning ochilish qismini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziuyoyevning forum ishtirokchilariga yo’llagan murojaatlari bilan boshlab berdi. 

Ushbu forumda Yevropa parlamenti hamda Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Bolgariya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Indoneziya, Malaziya, Tayland, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston, Qirg’iziston kabi o’nlab mamlakatlar parlamentlari a’zolari va bir qator xalqaro tashkilotlar, parlamentlararo tuzilmalar vakillari ishtirok etmoqda.

Eslatib o’tamiz, xalqaro forum ikki kun, 23-24 iyun kunlari bo’lib o’tadi.

Bizni kuzatishda davom eting.