Xalqaro Gulfood ko’rgazmasi doirasida qator tadbirlar bo’lib o’tmoqda

Avval xabar berganimizdek, BAAning Dubay shahrida tashkil etilgan bir qancha tadbirlarda O’zbekiston vakillari faol ishtirok etmoqdalar.

BAAning Dubay shahrida bo’lib o’tgan tadbirlar doirasida Dubay Xaqlqaro Savdo Markazida “Gulfood” ko’rgazmasi o'tkazildi. Ushbu tadbirda O’zbekiston savdo-sanoat palatasi vakillari hamda Dubay Savdo-sanoat vakillari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Gulfood ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi milliy ekspozitsiyasi ishini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etmoqda. Joriy yilda ko‘rgazmada O‘zbekistondan 24 nafar kompaniya yangi va quritilgan meva-sabzavot, qandolat mahsulotlari, mahalliy ishlab chiqarilgan eksklyuziv ichimlik suvi kabi turli namoyish etmoqda.

Shuningdek, xalqaro ko’rgazmada O‘zbekiston milliy stendi namoyish etildi. Ko’rgazmada taqdim etilayotgan barcha mahsulotlar “MADE IN UZBEKISTAN” yagona yorlig‘i ostida namoyish etilib, ko’plab xalqaro iste’molchilar e’tiborini jalb etdi.