Xalqaro ko'rgazmalar boshlanishiga 4 kun qoldi

5-6-7 aprel kunlari poytaxt O'zekspomarkazida Xalqaro sanoat ko'rgazmalari bo'lib o'tadi, unda 17 mamlakatdan 150 ga yaqin kompaniya soha mutaxassislariga eng yangi asbob-uskunalar, texnika va texnologiyalarni taqdim etadi.

Ko'rgazmalar quyidagi yo'nalishda:
12-Xalqaro ko'rgazma «UzChemPlastExpo - 2023»
Kimyo sanoati. Plastmassa. Laboratoriya va analitika tahlili.

14-Xalqaro ko'rgazma «UzTechTransExpo - 2023»
Maxsus texnika. Yo'l-qurilish texnikalari va uskunalar. Transport. Avtomobil sanoati.

12-Xalqaro ko'rgazma «UzSecureExpo - 2023»
Xavfsizlik texnologiyalari. Yong'inga qarshi himoya tizimi. IT-xavfsizlik. Shaxsiy himoya vositalari.

Tashrif buyuruvchilar uchun kirish - Bepul!

O'tkazilish sanasi: 2023-yilning 5-6-7 Аprel kunlari
O'tkazilish joyi: O'zbekiston, Toshkent. «O'ZEKSPOMARKAZ» MKK AJ, №3,№4-pavilionlar, tashqi ekspozitsiya.

Onlayn ro'yxatdan o'tish: https://reg-x.uz/