Xalqaro koʼrgazmalarga kamida 30 ta oʼzbekistonlik ishlab chiqaruvchining mahsuloti olib chiqiladi

Oʼzbek paxtasiga boykot bekor qilinganidan soʼng, xorijiy brend va yirik kompaniyalar mahalliy korxonalar bilan hamkorlik qilishga hamda milliy mahsulotlarimizga katta qiziqish bildirmoqdalar.
Lekin, ochiq aytish kerak, toʼqimachilik sanoatini tashqi bozorlarga olib chiqish, brendlar va yirik korxonalarni jalb qilishda elchixonalar ishlamayapti.
Misol uchun, bizdagi Turkiya, Xitoy, Germaniya kabi boshqa davlatlar elchilari oʼz mamlakati tadbirkorlarining manfaatini himoya qilish uchun vazir, hokim, hatto korxonagacha borishdan charchamaydi. Lekin, bizning elchilarda bunday tashabbus hali yoʼq!”, dedi Prezident.
Shu munosabat bilan yil yakuniga qadar:
Ispaniya, Germaniya va Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Polsha, Yaponiya, Turkiya, АQShdagi elchilar bilan birga 50 ta xorijiy brendlarni yurtimizga olib kelish;
xalqaro koʼrgazmalarda kamida 30 ta oʼzbekistonlik ishlab chiqaruvchi mahsulotini olib chiqib, 50 million dollardan buyurtma olishni taʼminlash topshirildi.
Shuningdek, brendlarni jalb qilishga:
boʼyalgan trikotaj mato va gazlama eksport qiluvchilarga 10 foizgacha miqdorda subsidiya beriladi;
xorijiy brendlar va ularga tayyor mahsulot yetkazib berayotgan mahalliy korxonalarning buyurtmalariga asosan alohida avia-reyslar yoʼlga qoʼyiladi.
Shu bilan birga, brendlar uchun zarur boʼlgan furnituralarning 90 foizi import qilinmoqda.
Shuning uchun, mutasaddilarga:
bir oy muddatda furnitura va aksessuarlar ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish;
Аndijon, Namangan va Toshkent viloyatlarida yil yakuniga qadar 4 tadan furnitura korxonalarini ishga tushirish topshirildi.






