Xalqaro maydonda O’zbekistonning tibbiyot salohiyati

“Shox International Hospital” xususiy klinikasida Robot-jarrohlik bo’limining ochilish marosimi doirasida, “Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev “Shox International Hospital” klinikasi tijorat direktori Miraziz Mirkomilov bilan uchrashib, Bright Uzbekistan jurnalining ilk sonini taqdim etdi.

Uchrashuv avvalida loyihamiz asoschisi Miraziz Mirkomilovga loyiha faoliyati va maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berib, jurnalning navbatdagi soni uchun amalga oshirilishi ko’zda tutilgan rejalar haqida gapirib o’tdi.

“Shox International Hospital” klinikasining tijorat direktori “Bright Uzbekistan” loyihasining imiji va jurnal formatiga qiziqish bildirib, uni yuqori baholadi. Shuningdek tomonlar yangi hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish borasida ham o’zaro fikr almashdilar.