Xalqaro olimpiada g'oliblari 150 mln so’mgacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi

Xalqaro olimpiadalar g'oliblari va ularning o'qituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
1-o'rin (oltin medal) uchun – 500 BHM, o'qituvchisiga – 450 BHM baravari;
2-o'rin (kumush medal) uchun – 300 BHM, o'qituvchisiga – 250 BHM baravari;
3-o'rin (bronza medal) uchun – 200 BHM, o'qituvchisiga – 150 BHM baravari.
Shuningdek, xalqaro olimpiada g'oliblari davlat OTMga test sinovisiz va qo'shimcha imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo'ladi.






