Xalqaro Sanoat Ko'rgazmalariga start berildi

Joriy yilning 5-aprel kuni poytaxtimizdagi "O‘zEkspoMarkaz"da “Uzbekistan Industrial exhibitions-2022” Xalqaro Sanoat Ko'rgazmalarining ochilshi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada Top Business kompaniyasi tomonidan “Top Business” jurnallari tadbir qatnashchilariga taqdim etildi. Shuningdek, ayni damda mazkur tadbirning axborot ko’magi sifatida Bright Uzbekistan loyihasi tavsilotlarni batafsil yoritib bormoqda.
Tadbir, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Davlat yong‘in nazoratini ko’magida tashkil etildi.
“O‘zbekiston sanoat ko‘rgazmalari” xalqaro ko‘rgazmalarini bir nechta asosiy sanoat ko‘rgazmalari formatida bir maydonda o‘tkazish turdosh tarmoqlar vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish uchun tadbirning ishbilarmonlik muhitidan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy va sanoat salohiyatining faol o‘sib borayotgani, qulay investitsiya muhiti mamlakatimizga ko‘plab xorijiy kompaniyalarni jalb qilmoqda.
2022-yilda ko‘rgazmalarning birlashgan ekspozitsiyasida dunyoning 14 davlatidan 100 ga yaqin kompaniya qatnashadi. Ishtirokchilar orasida O‘zbekiston, Belarus, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Pokiston, Rossiya, Turkiya, Chexiya, Shvetsariya kabi davlatlardan mutaxassislar bor.
P.S. Ko’rgazma 5-6-7-aprel kunlari bo’lib o’tadi.






