Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, O'zbekiston hamda Qozog'iston Hukumatlari o'rtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur Bitim 2021-yil 6-dekabrda Nur-Sulton shahrida imzolangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O'zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta'minlaydi.






