Xalqaro standartlar asosida xorijda ekspertizadan oʼtkazilgan loyihalar toʼgʼridan-toʼgʼri tan olinadi

Yigʼilishda shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish tizimi toʼliq oʼzgarishi taʼkidlandi
Endilikda:
xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan loyihalarga Texnik kengash xulosasini olish tartibi bekor qilinadi;
xalqaro standartlar asosida xorijda ekspertizadan oʼtkazilgan loyihalar toʼgʼridan-toʼgʼri tan olinadi;
shaharsozlik normalari va qoidalari kamida 2 baravarga qisqaradi hamda xalqaro meʼyorlarga moslashtiriladi;
shaharsozlik normalari va qoidalari har 3-4 yilda yangilanadi (amalda 7-8 yil).
Qurilishda tovarlar va xizmatlar narxlarini shakllantirish tizimi ham tartibga solinmagani koʼrsatib oʼtildi.
Shu bois, investitsiya dasturi doirasida aynan bir xil obʼekt uchun qurilish qiymati turlicha belgilanmoqda. Yoki, qurilishda ishlarni baholashga boʼlgan yagona yondashuv yoʼq. Buning oqibatida, talon-torojlik va korruptsiya uchun sharoit yaratilmoqda.
Masalan, temir-beton ishlari uchun 6 xil hisob-kitob usuli mavjud boʼlib, narxdagi tafovut ham shunchaga farq qiladi.
Endilikda:
shaharsozlik normalaridan qurilish ishlarini baholash bilan bogʼliq boʼlgan 147 ta norma chiqarib tashlanadi;
“Qurilish resurslari klassifikatori” platformasi ishga tushirilib, 100 mingdan ziyod qurilish materiallari va xizmatlarining bozor narxi shakllantiriladi.






