Xalqaro Tashkent Fashion & Textile Expo 2023

Joriy yilning 2-3-4-fevral kunlari Toshkentdagi “O’zekspomarkaz”da “Tashkent Fashion & Textil”e xalqaro ko‘rgazmasi bo’lib o’tadi. Ushbu ko’rgazma Markaziy Osiyodagi moda va to‘qimachilik sanoatidagi eng jozibali va muvaffaqiyatli tadbirlardan biri sanaladi.
4000 dan ortiq mehmon va 100 dan ortiq ichtirokchini qamrab oladigan ko'rgazma O'zbekistonning ham ulgurji, ham chakana bozorlarida yagona ixtisoslashtirilgan tadbir sifatida namoyon bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, “Tashkent Fashion & Textile” ko‘rgazmasi to‘qimachilik korxonalari, davlat idoralari va sanoat birlashmalari ko‘magida o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazmada Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston, Belarus kabi davlatlar vakillari ishtirok etadi.
Unda ishtirok etish orqali yangi hamkorlar topish, savdo hajmini oshirish, mijozlar bazasini kengaytirish, yangi mahsulot va texnologiyalarni samarali namoyish etish, mavjud biznes aloqalarini mustahkamlash, bozor haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo’lish mumkin.






