Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik

Brifinga qayd etilganidek, umumiy manfaatlar mavjudligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston va Qozog‘iston BMT, MDH, SHHT, TDT, IHT, OHICHK doirasida hamda “Markaziy Osiyo plyus” formatidagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

"Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi davomida ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi – strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarilgani bizni juda xursand qiladi. Munosabatlarimizni har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakat va imkoniyatlarni yo‘naltiramiz", - dedi so‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev.