Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali yigʻilish

Tashqi ishlar vazirligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vladimir Norov vazirlik tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xotin-qizlarni yaqinlashib kelayotgan bahor bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sogʻlik, baxt va muvaffaqiyatlar tiladi. Faol va samarali faoliyatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Vazirlik tizimida mehnat qilayotgan ayol-xodimlar xalqaro miqyosda Oʻzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ilgari surishga ulkan hissa qoʻshayotgani alohida qayd etildi.
Tantanali ruhda oʻtgan tadbirda vazirlikdagi barcha ayol-xodimlarga bayram sovgʻalari topshirildi.






