Xalqaro yoʼnalishlardagi avtobus qatnovlari qayta tiklanmoqda

Transport vazirligining maʼlum qilishicha, bugun, 19-yanvardan boshlab Oʼzbekistondan xalqaro yoʼnalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari ob-havo sharoiti hamda harakat yoʼnalishi boʼylab avtomobil yoʼllaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda qayta tiklanadi.
Quyida 19-yanvardan boshlab “Toshkent” avtovokzalidan xalqaro yoʼnalishlarda amalga oshiriluvchi avtobus qatnovlari roʼyxati keltirilgan.
12:00 – Toshkent – Moskva chipta narxi 1011000 soʼm;
16:00 – Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 soʼm;
16:00 – Toshkent – Ostona chipta narxi 361 000 soʼm;
17:00 – Toshkent – Turkiston chipta narxi 111 000 soʼm;
18:00 – Toshkent – Qiziloʼrda chipta narxi 161 000 soʼm;
18:00 – Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 soʼm;
18:00 – Toshkent – Bishkek chipta narxi 261 000 soʼm.






