«Xavfsiz va ravon yo‘l» umummilliy dasturi

O‘zbekistonda 2022-2026-yillarda raqamlashtirishni joriy etgan holda infratuzilmani yaxshilashni nazarda tutuvchi “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi amalga oshiriladi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-iyuldagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Bunda to‘rt yil davomida yo‘l infratuzilmasi muammolarini hal etish, yo‘llarda harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirishni joriy etish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish ko’zda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan pullik avtoturargohlar ham o’rnatilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston shahar yo‘lovchi transportining 70 ta bekatiga monitorlar o‘rnatish, bu esa yo‘lovchilarga real vaqt rejimida barcha zarur ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etishi kutilmoqda.