Xavfsiz yo'l indeksi yuritiladi

2022-yil 1-iyuldan Respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Xavfsiz yo'l” indeksi yuritiladi.
Bunda:
indeks doirasida yo'l infratuzilmasi va yo'l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati 29 ta indikator bo'yicha har chorak yakunida baholab boriladi;
tuman (shahar)lar indeks ko'rsatkichlari asosida yo'llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo'yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.






