XDP raisi prezidentlikka nomzod sifatida ilgari surilmaganligi sababi ma'lum bo'ldi

O'zbekiston xalqi ko'proq ayollarga ovoz beradi. Bu haqda Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug'bek Inoyatov partiya Markaziy Kengashining navbatdan tashqari plenumida aytib o'tdi.
«Hozir jurnalistlarni va hammani qiziqtiradigan savol: nima uchun partiya lideri saylanmadi? Xalqimiz ayollarga ko‘proq ovoz beradi va XDPning siyosiy platformasida ijtimoiy masalalarga ko‘proq e’tibor qaratilgan, shu nuqtai nazardan qaraladigan bo‘lsa, biz nomzodimizni to‘g‘ri tanladik va biz bo‘lg‘usi prezidentlik saylovlarda g‘alaba qozonishimiz uchun bu bir qadam bo‘lim xizmat qiladi deb o‘ylayman», — dedi XDP lideri.
Eslatib o'tamiz, prezidentlikka to'rtinchi nomzod Xalq demokratik partiyasidan Maksuda Vorisova ilgari surildi.






