Xiaomi insonga o‘xshash robot yaratdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi insonga o‘xshash ilk roboti CyberOne taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur robot insonlarning 45 turdagi emotsiyalarini ajrata oladi va turli xil mavzularda suhbatlashadi. Robotning narxi 89 ming AQSH dollaridan 104 ming AQSH dollarigacha baholanmoqda.

Kompaniya bu hali eng mukammal robot emasligini, ammo kelgusida uni yanada takomillashtirish ustida ish olib borilishini ma’lum qilgan.

Mazkur robot ishlab chiqarish sohasida yordam berishdan tortib, odamlar bilan muloqot qilishgacha bo'lgan funksiyalarni o'zida jamlagan. Kelajakda ushbu smart robotdan barcha foydalanishi mumkinligi aytilmoqda.