Xitoy Qirg'izistonga grant tariqasida ko'chma shifoxona bermoqchi

ShHT sammiti doirasida Xitoy va Qirg'iziston yetakchilari Sadir Japarov hamda Si Szinpin o’rtasida uchrashuv o’tkazilib, uning yakunlariga ko'ra bir qator hujjatlar qabul qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Qirg'izistondan xitoyga eksport qilinadigan makkajo'xori uchun fitosanitariya talablari to'g'risidagi protokol Qirg'iziston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va XXR Bojxona boshqarmasi o'rtasida imzolandi.

Bundan tashqari, “Qirg'iziston irrigatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini qabul qilish dalolatnomasi qabul qilindi.

Shuningdek, kelishuvga ko'ra, Xitoy Qirg'izistonga o't o'chirish va qutqaruv uskunalari, hamda grant tariqasida ko'chma shifoxona beradi.