Xitoy Sirdaryoda 50 mln dollarlik Agrologistik park quradi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyning “CITIC GROUP” kompaniyasi qishloq xo‘jaligi departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Ibo Vang boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi. Unda Xovos tumanida qiymati 50 mln dollar bo‘lgan Agrologistik park qurish loyihasi muhokama qilindi.

Umumiy 32 gektar maydonni o‘z ichiga olgan mazkur loyihaga ko‘ra 50 ming tonna sig‘imga ega muzlatgichli ombor, 300 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsuloti tovar aylanmasi, jumladan saralash, qayta ishlash, saqlash, sovitish, qadoqlash bo‘limlari, shuningdek, ofislar, kamida 200 xonali mehmonxona, bojxona, avtopark, fitosanitariya va veterinariya tekshiruvi punktlari va boshqa obyektlar qurilishi nazarda tutilgan.

Bu yirik logistika markazi Oʻzbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydi.