Xitoy tashqi savdosi ijobiy natijalarni koʼrsatmoqda

Xitoyning eksport va import koʼrsatgichi, 2021 yilning aprelь oyiga koʼra, dollarga nisbatan 43,1 va 32,3% ga oʼsdi.

Butun jahonda pandemiya holatining yomonlashishi munosabati bilan tahlilchilar salbiy prognoz keltirishiga qaramasdan Xitoy tashqi savdo aylanmasi aprel oyi natijasiga koʼra ham oʼsishda davom etmoqda, Xitoy Xalq Respublikasi bojxona boshqarmasi maʼlumotlariga koʼra, Pekinda eksport hajmi 32,3%ga, import esa- 43,1% ga oʼsgan.

Tashqi savdoning juda yuqori o'sishi qisman, o'tgan yili koronovirus epidemiyasi sababli tegishli ko'rsatkichlarning qulashi bilan izohlanadi. Xitoy importining sezilarli o'sishini tahlilchilar xom ashyo narxining oshishi, Xitoyda ichki iste'molning o'sishi va yuanni mustahkamlanishi bilan bog'lamoqdalar.

O'zbekiston va Xitoy savdo aylanmasi 1,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. 2021-yilning birinchi oylarida O'zbekistonning Xitoyga eksporti 471 million AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, import ikki barobar - 950 million dollarni tashkil etdi.