Xitoy Ukrainadagi mojaroni muzokaralar yoʼli bilan hal etishni taklif qilmoqda

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Dmitriy Kuleba bilan telefon orqali muloqoti chogʼida yana bir bor Ukrainadagi mojaroni muzokaralar yoʼli bilan hal qilishga chaqirdi.
Pekin maʼlumotlariga koʼra, Ukraina tomoni telefon orqali muloqot qilish tashabbusi bilan chiqqan.
"Urush ertami-kechmi tugaydi. Аsosiysi, qanday qilib ogʼriqdan omon qolish va Yevropada muvozanatli, samarali va barqaror xavfsizlik mexanizmini oʼrnatishdir", degan Van I.






