Xitoy xorijlik sayyohlar uchun 3 yillik karantinni bekor qildi

Xabarlarga ko’ra, endi Xitoyga tashrif buyuruvchilar markazlashtirilgan izolyatsiya va PZR testlardan oʼtishi majburiy emas.
Endilikda fuqarolar Xitoyga parvoz qilishdan 48 soat avval COVID-19 uchun PZR testini topshirishi va salomatlik toʼgʼrisidagi deklaratsiyani toʼldirishda test natijalarini maʼlum qilishi kifoya.
Test natijasi manfiy chiqqan taqdirda Xitoy diplomatik vakolatxonalaridan “sogʼliqni saqlash kodi”i soʼralishi shart emas, musbat natija qayd etilganda esa, bemor tuzalguniga qadar sayohatlarini kechiktirishi tavsiya etiladi.






