Xitoyda blogerlarga tibbiyot va huquq masalalarida gapirish taqiqlandi

Xitoyda blogerlarga zarur maʼlumotga ega bo‘lmasdan turib tibbiyot va huquqshunoslik mavzularida gapirish taqiqlandi.
Endilikda “yanada yuqori professional daraja” talab etiladigan kontent uchun blog egalari zarur malakaga ega bo‘lishi va uni platformaga taqdim etishi kerak bo‘ladi. Xitoy radio va televideniye davlat boshqarmasining maʼlum qilishicha, faqatgina shundan keyin ular ushbu masalalar haqida gapira oladi.






