Xitoyda quyoshni tadqiq etadigan ilk sun’iy yo‘ldosh yaratildi

Xitoy bu yil Quyoshni kashf qilish uchun birinchi sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda va yangi qurilmaning modeli shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan 13 -Xitoy Xalqaro aerokosmik ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda.
Ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning asosiy yuklamasi quyosh tasvirining H-alfa spektrometridir. Bu tadqiqotchilarga chaqnash davrlarda quyoshdagi o‘zgarishlarni, masalan, atmosfera harorati va tezligining o‘zgarishini kuzatishga yordam beradi.
Sun’iy yo‘ldosh konstruktsiyasi platforma bo‘linmasi va yuk tashish bo‘linmasini ajratishni nazarda tutadi, bu esa ultra yuqori aniqlik va yuk barqarorligini ta’minlaydi.
Xitoy quyoshni kuzatish uchun tarmoq yaratdi va quyosh spektri va magnit maydonlari borasidagi tadqiqotlarda muvaffaqiyat qozondi, lekin u hali quyoshni kosmosdan o‘rganishni boshlamadi.
Mutaxassislar bu Xitoyga quyosh ustida fundamental tadqiqotlar olib borishga, tegishli yuqori texnologiyali sanoatning rivojlanishiga turtki berishga va xalqaro geliofizik tadqiqotlarga o‘z hissasini qo‘shishga imkon beradi deb hisoblamoqda.
24-sentyabr kuni sun’iy yo‘ldoshiga nom berish kampaniyasi boshlandi. Uning nomi qurilma kosmosga muvaffaqiyatli uchirilgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi.






