Xitoylik olimlar Oy tuprog‘i namunalarida ilgari noma’lum bo‘lgan mineralni topdi

Xitoylik olimlar “Chan’e-5” kosmik kemasi tomonidan Yerga olib kelingan Oy tuprog‘i namunalarida ilgari noma’lum bo‘lgan mineralni topdi.
Ma’lum qilinishicha, olimlar mineralga "Chan’e toshi" deb nom bergan, ammo bu haqda boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
U odamlar tomonidan Oyda kashf etilgan oltinchi yangi mineral hisoblanadi. Xitoy esa Oy yuzasida yangi minerallarni kashf etgan dunyodagi uchinchi davlatga aylandi.
Tadqiqotchilar Oy tuprog‘i namunalaridan taxminan 10 mikron o‘lchamdagi bir kristalli zarrachani ajratib olgan va uning tuzilishini shifrlagan. "Chan’e toshi" fosfat mineralidir. U ustunli kristall shakliga ega. Xitoy olimlarining ta’kidlashicha, bu mineral Oy bazaltining (vulqon jinsi) zarralarida mavjud.






