Xitoyning «choy bazasi» O'zbekistonga choy eksportini keskin oshirdi

"Sinxua" axborot agentligining xabar berishicha, bu yil Sinyan shahri, Xenan qishlog’idan Xitoy ko’k choyining eng katta partiyasi – 1600 tonna choy O’zbekistonga eksport qilindi.

Sinyan bojxonasi ma'lumotlariga ko'ra, bu yil shahar 26,7 mln yuanga (4,1 mln dollar) teng - jami 1893,2 tonna choy eksport qildi, bu o'tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 70,2 va 53,5 foizga ko'pdir.

Sinyan choy yetishtirish bo’yicha 2300 yillik tarixga ega bo’lib, u Afrika, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Yevropaga eksport qilinadigan Sinyan Maoszyan ko’k choyi bilan mashhurdir.